Tahoratga niyat

Assalomu alaykum! Ustozlar, tahoratga niyat qilayotib misol uchun peshin namozini o‘qishlikka niyyat qildim desa, shu tahorti bilan asr va keyingi namozlarini o‘qisa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir tahorat bilan to singunicha namoz o‘qish joiz. Tahorat olayotganida nimani niyat qilgan bo‘lsa ham. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:36 | Savol-javoblar | 154 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar