Aktsiyadorlik va Forex xakida

Assalomu alaykum! Ustozimiz izdoshlari. Avvalam bor sizlarni xayrli ishlaringiz uchun Alloxdan madad surayman. Sizlarga savollarim kuyidagilardan iborat. <ol> <li>Aktsionerlik xakida. Men xozirgi kunda bir xorijiy kompaniyani ma’lum mikdoridagi aktsiyalariga egalik kilmokdaman. Asosiy daromadim shu aktsiyalardan keladigan dividendlar xisobiga. keladigan daromadimdan zakot chikaraman. bunga aloxida jiddiy e’tibor beraman. Umuman olganda dividend ga shariatimizni xukmi kanday? eshitishim buyicha oson pul topishdan dinimiz kaytarar ekan. Agar bu ish dinimizda joiz bulmasa, nima maslaxat berasiz?li> <li>Forex da savdo kilish. bu masalada xam echim topishimga erdam berishingizni surayman. bu ish bilan 2 yildan beri shugullanaman. avvaliga tajribasizligim natijasida, moddiy zarar kurdim. keyinchalik bu soxada darsliklardan, soxa mutaxasislari bilan fikr almashib, uz ustimda ishlab xozirda akl bilan savdo kilib, foyda kilishni boshladim. Bu usulda pul topishim mumkinmi?li> ol>
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aktsiyadorlik jamiyati halol narsalarning savdosi bilan shug‘ullanishi kerak. Foreks umuman joiz emas. ShIRKATLAR VA HISSALARNING (AKTsIYaLARNING) ZAKOTI Shirkatlar (ya’ni kompaniyalar, sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonalar) har xil bo‘ladi: ishlab chiqaruvchi shirkatlar; xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar; tijorat shirkatlari. Shunga ko‘ra, ulardan zakot chiqarish turlicha bo‘ladi. Har bir shirkatdan zakot chiqarish vojib emas, balki har bir hissador alohida zakot chiqaradi yoki hissadorlar shirkatni vakil qilgan bo‘lsalar, shirkat ularning nomidan zakot chiqaradi. Ishlab chiqaruvchi shirkatlar bino, ulov, asbob-anjomlar kabi hojati asliya bo‘lgan narsalaridan emas, balki ishlab chiqargan mahsuloti va xomashyosidan zakot chiqaradi. Xizmat ko‘rsatuvchi shirkatlar ham hojati asliyadan emas, daromaddan zakot chiqaradi. Tijorat shirkatlari ham hojati asliyadan zakot chiqarmaydi, lekin sarmoyaning hammasidan zakot chiqaradi. Hissalar (aktsiyalar) bilan muomala qilishning shar’iy hukmi shuki, hissa (aktsiya) shirkat mol-mulkining bir qismidir. Uning foyda yoki zarar ko‘rish ehtimoli bor. Agar shirkat foyda ko‘rsa, hissa ham foyda ko‘radi, zarar ko‘rsa, zarar ko‘radi. Mana shu hissaning egasi shirkatning sheriklaridan hisoblanadi, ya’ni u shirkat mol-mulkining bir qismiga egadir. Uning egaligi o‘z hissasining miqdoriga qarab bo‘ladi va o‘sha hissaning egasi qachon xohlasa, uni sotish huquqiga egadir. Hissaning ismiy (nominal) qiymati bor. Bu qiymat birinchi marta hissa chiqarilganda belgilanadi. Hissaning bozor narxi ham bor. U bozorga qo‘yib, qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi oldi-berdi muomalalariga qarab aniqlanadi. Ushbu hissalarning halol yoki haromligi haqidagi hukm shirkatlarning faoliyat turiga qarab chiqariladi. Agar shirkatning asosiy faoliyati shar’an harom ish bo‘lsa, bunday holatlarda hissalar ham harom bo‘ladi. Shuningdek, harom yo‘l bilan muomala qiladigan shirkatning hissalari ham harom bo‘ladi. Agar hissalari sotib olingan shirkat o‘zida bor narsalarning zakotini hissadorlar tomonidan vakil sifatida chiqargan bo‘lsa, hissador shaxs yoki hissador shirkatning ikkinchi marta o‘sha narsadan zakot chiqarishining keragi yo‘q. Chunki hissador ham zakot chiqarsa, zakot ikki taraflama olingan bo‘lib qoladi. Agar hissada tijorat maqsadi yo‘q bo‘lsa, uning zakoti yuqoridagi tarzda chiqariladi, ya’ni har kim o‘zi alohida chiqaradi. Agar hissalar tijorat maqsadida chiqarilgan bo‘lsa, zakot berishda tijorat moli kabi muomala qilinadi. Har bir hissaning bozordagi narxi belgilanadi, keyin undan zakot chiqariladi. Agar o‘sha hissaning bozor narxi arzon bo‘lsa, ortib qolgan narsani boshqa mollarining zakotiga qo‘shib chiqaradi yoki kelasi yilgi zakotiga oldindan berish shaklida beriladi. Shirkat zakot chiqarmaydigan bo‘lsa, hissador quyidagicha zakot chiqaradi: agar hissani tijorat niyatida sotib olgan bo‘lsa, xuddi tijorat moli kabi, uning bozor narxidan 2,5 foizi miqdorida, ya’ni qirqdan bir ulushi zakot vojib bo‘ladi. Zakot vojib bo‘lgan kuni mazkur hissaning bozordagi narxi qancha bo‘lsa, shundan 2,5 foizi olinadi. Hissador «Men zavodga hissador bo‘ldim, zavodga tushgan foydadan olaman, aktsiyamning o‘zini sotmayman», deb niyat qilgan bo‘lsa, quyidagicha zakot beradi: agar shirkatning hisobida naqd pullar, tijorat pullari, qarz olgan odamlardan oladigan haqlari kabi zakot beradigan mollari bo‘lsa va hissador o‘sha mollarining qancha ekanini bilmasa, aniqlashga harakat qiladi. Agar aniqlashning imkoni bo‘lmasa, hissador imkoni boricha chamalab ko‘radi. O‘z hissalarini zakot mollariga qo‘shib, zakot beradi. Ammo shirkat qarzdor bo‘lib, uning mulklari qarzidan kam bo‘lib turgan bo‘lsa, bermaydi. Shirkatning zakot chiqaradigan mollari bo‘lmasa, kelayotgan foyda hisob-kitob qilinib, o‘sha foydadan zakot chiqaradi. (“Mo‘minning najoti” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:36 | Savol-javoblar | 127 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar