Nasiya kimning bo‘ynida?

Assalomu alaykum! Bir o‘rtog‘im biznesmen kishini qo‘lida sotuvchi bo‘lib ishlardi. Savdosida tovarlar naqdga va nasiyaga sotilardi. Ishchi o‘rtog‘imga bir yilda bir martta ishi evaziga bir dona sotilgan tovaridan malum bir miqdorda xaq to‘lagan. Ishni oxiriga kelib nasiyaga berilgan tovarlar pulidan qarzni to‘lamagan mijozlar ham chiqdi. Shu xolatda ishchi o‘rtog‘imga boshlig‘i nasiya seni bo‘yningda deb ishchining maoshini bermabdi. Shu xolat to‘g‘rimi? Nasiya ishchining bo‘ynidami? Boshliqni yillar davomida tovari nasiyaga sotilganidan xabari bo‘lgan xoldayam ishchining maoshidan olib qolishi to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Nasiyani yig‘ishtirib kelib berish ishchining vazifasi. Lekin ular bermasa ishchining maoshidan olish to‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 18:44 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar