Chet eldagi ish to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Oilaviy sharoit bo‘yicha chet elga ishga ketmoqchiman, mening ishim yani u erda qiladigan ishim to‘g‘risidaga, katta tsex bor ekan go‘sht tsexi, qilinadigan ish esa islomda xarom sanalgan cho‘chqa go‘shtini bo‘laklab suyagini ayirib tashlash ekan, ish joyi issiq qishda xam ishlasa bo‘larkan, oyligi xam yaxshi, yotoq bilan taminlarkan, xaromligini bilaman lekin cho‘chqa go‘shtidan istemol qilmaganman va qilmayman xam, u go‘sht musulmonlargamas o‘sha erni axolisi uchun ekan, u erda o‘sha go‘shtni tanovvul qilmagan xolda ishlasam mening oyligim xarom xisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U joyda ishlashingiz aslo joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 23:31 | Savol-javoblar | 172 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar