Madinani ham xaram ekanligiga dalil

Assalomu alaykum! Madinaning xaram ekanini qanday tushunish lozim? Bunga qanday dalillar bor javob uchun rahmat Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: مَا عِنْدَنَا شَيْءٌ إِلَّا كِتَابُ اللهِ، وَهَذِهِ الصَّحِيفَةُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: الْمَدِينَةُ حَرَمٌ مَا بَيْنَ عَائِرٍ إِلَى كَذَا، مَنْ أَحْدَثَ فِيهَا حَدَثًا، أَوْ آوَى مُحْدِثًا فَعَلَيْهِ لَعْنَةُ اللهِ وَالْمَلَائِكَةِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ، لَا يُقْبَلُ مِنْهُ صَرْفٌ وَلَا عَدْلٌ.... Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bizda Allohning Kitobi va Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan ushbu sahifagina bor: «Madina Oirdan* falon joygacha haramdir. Kim u erda bid’at paydo qilsa yoki bid’at paydo qilganga panoh bersa, unga Allohning, farishtalarning, insonlarning – barcha-barchalarining la’nati bo‘lsin! Undan farz ham, nafl ham qabul qilinmaydi*....

U erda qilingan gunohning jazosi ham savobli amalning mukofoti ham ulkan bo‘ladi. Ammo Makkaning haramidan farqi shuki Makkaning haramida quyidagi hukmlar joriy. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: حَرَّمَ اللهُ مَكَّةَ، فَلَمْ تَحِلَّ لِأَحَدٍ قَبْلِي وَلَا لِأَحَدٍ بَعْدِي، أُحِلَّتْ لِي سَاعَةً مِنْ نَهَارٍ، لَا يُخْتَلَى خَلَاهَا، وَلَا يُعْضَدُ شَجَرُهَا، وَلَا يُنَفَّرُ صَيْدُهَا، وَلَا تُلْتَقَطُ لُقَطَتُهَا إِلَّا لِمُعَرِّفٍ. فَقَالَ الْعَبَّاسُ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا: إِلَّا الْإِذْخِرَ لِصَاغَتِنَا وَقُبُورِنَا. فَقَالَ: إِلَّا الْإِذْخِرَ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh Makkani haram qildi. U mendan oldin ham, mendan keyin ham hech kimga halol bo‘lmaydi. U men uchun kunduzning bir muddatidagina halol qilindi. Uning o‘t-o‘lani yulinmaydi, dov-daraxti kesilmaydi, ovi hurkitilmaydi, topilmasini e’lon qiluvchidan boshqasi olmaydi», dedilar. Shunda Abbos roziyallohu anhu: «Zargarlarimiz va qabrlarimiz uchun izxir mustasno (deng)», dedi. Shunda u zot: «Izxir mustasno», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Madinaning haramida esa unday emas. Oirdan Uhud tog‘ining ortida kichkinagina Savr tog‘i bor. O‘shaning orasi haram hisoblanadi. U Savr makkadagi Savrdan boshqa. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:13 | Savol-javoblar | 171 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar