To‘lanmagan maxr haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, ayolim uzoq yillik kasallikdan so‘ng vafot etdi. Gap shundaki uni maxrini berolmadim, chunki uni kasalligi uchun qayda davo bor ekan deb esdan chiqib ketibdi. Shu maxrni qanday to‘lasam bo‘ladi? Bir tanidigan domladan so‘rasam unga uzoq yillar g‘amxo‘rlik qildiz juda ko‘p mablag‘ sarfladiz, o‘shalar bilan maxrdan ozod bo‘ldingiz dedi. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U gap noto‘g‘ri. Har bir kishi vafot topgach birinchi o‘rinda uni g‘usl qildiriladi, kafanlari, qarzlari to‘lanadi. So‘ng uni merosxo‘rlari va hissalari tayin qilinadi. Ayolingizni olishi kerak bo‘lgan haqqlarini o‘shalarga berasiz. Ayolingizni o‘g‘il-qiz, ota-onalari bo‘lishi mumkin. Maxr ham xotinga berilishi kerak bo‘lgan erning zimmasidagi qarz hisoblanadi. Er o‘sha pulni ajratib ayolining mulkiga qo‘shiladi va Qur’onda kelgan hissalaricha merosxo‘rlarga taqsim qilib beriladi. Avval bir ayoliga to‘lash kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi o‘sha mahrni nechta merosxo‘r bo‘lsa o‘shalarga bo‘lib tarqatishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 10:14 | Savol-javoblar | 56 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar