Malayziyadagi halol luqma
Assalomu alaykum! Men hozir ta’limning magistratura bosqichini Malayziya davlatida o‘qishni boshladim. Bu erda ko‘p ajib hodisalarga guvoh bo‘ldim. Universitetimizni ichida katta masjid bor, juda ilmli imomlari bor. (Qiroatdan seziladi) Bemalol talabalar va professor o‘qituvchilar birga jamoat namozlarini o‘qishadi. Supermarketlaridagi mineral suvdan tortib shirinliklargacha xalol sertifikati bor. Supermarketlar ichida namozni vaqtida o‘qib olish uchun maxsus namozxonalar va sharoitlar bor. Hattoki ikkinchi eng katta Xitoy millati restoranlariga ham kirishingiz bilan musulmon bo‘lsangiz sizga ovqat umuman bermas ekan (chunki ularning ko‘pchiligi bizda shariat harom qilgan narsalarni iste’mol qilishadi), agar bergan taqdirda Malayziya hukumati bu restoranni butkul yopar ekan. (Jazo sifatida) Baribir go‘sht mavzusi dolzarb chunki tasmiya aytib so‘ymaguncha baribir go‘sht halol bo‘lib qolmaydi. Luqmaga katta e’tibor berishni vojibligini Shayx hazratlari ma’ruzalaridan va asarlaridan bilaman. Bu erda paketlardagi tovuq go‘shtlarida ham <<Halol>> sertifikati bor. Uyimga yaqin joyda esa bozorcha bor. Men u erdagi bitta tovuq go‘shti sotuvchisidan inglizchada xar bittasiga tasmiya aytasizlarmi desam kulib: <<Biz musulmonmiz. Malayziyada har kimga ham go‘sht so‘yishga ruhsat berilmaydi, ma’lum odamlar ya’ni qassoblikni biladiganlar so‘yadi dedi. Har bittasiga aytadi> dedi va yana <<Halol> sertifikatini ko‘rsatdi va hotirjam olishimni aytdi. Bu holat 3 marta sodir bo‘ldi. Har bittasida kulib biz musulmonmiz deyishadi. Ozgina hijolat ham bo‘ldim chunki ularga xuddi sizlar tasmiya aytib so‘ymaysizlar degandek qabul qilishdi menimcha. Menda 2 ta fikr bor. 1. Yoki mendagi bu shubha asli shubha emas vasvasa. Bunday holatda men umuman go‘sht iste’mol qilmasligim kerak bo‘ladi chunki go‘sht so‘yishga yuqorida aytganimdek hammaga ruhsat yo‘q. Ayniqsa chetdan kelganlargaku umuman. Faqat o‘zim so‘yishim kerak. 2. Yoki bemalol bozorchamizdan so‘rab olaveraman chunki ularning ishonchi komil go‘sht halolligida. Savollarim: 1. Go‘sht iste’mol qilsam bo‘laveradimi, bu vasvasami? 2. Tropik mevalarning hammasi mazhabimiz bo‘yicha halolmi? (Bu erda shunday mevalarni ko‘p iste’mol qilmoqdaman) Tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz so‘ramasdan iste’mol qilavering. Sizni holatingiz o‘z yurtingizda hosil bo‘lgan odatlardan biridir. 2). Meva va sabzavotlarning hammasi shak-shubhasiz halol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Siz so‘ramasdan iste’mol qilavering. Sizni holatingiz o‘z yurtingizda hosil bo‘lgan odatlardan biridir. 2). Meva va sabzavotlarning hammasi shak-shubhasiz halol. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:03 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom