Xino qo‘yish
Assalomu alaykum! Aziz uztozlar qiz bola to‘yi kuni eri uchun qo‘liga, kaftining ustiga xino bilan rasm chizdirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafaqat to‘y kuni balki boshqa kunlarda ham ayollarning qo‘llari erkaklar qo‘llaridan farq qilib turishi kerak. Lekin tirnoqlarga lak qo‘yish joiz emas. عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va: «Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar. «Ayolning qo‘li», dedi u. «Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot». Ikkisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar