Qarzi borning sadaqasi
Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar! Qarzi bor odam avvalo nafl sadaqani o‘ylamasdan, yelkasidagi vojib qarzini o‘tash kerakligi o‘tgan savol-javoblarda ma’lum bo‘ldi. Lekin, aytaylik bir kishining ma’lum vaqtda beraman deb kelishib qo‘yilgan qarzi bor va ishonadiki o‘sha kelishilgan vaqtda qarzini uzish uchun etarli mablag‘ qo‘liga kelib tushadi (oyligi yoki qandaydir foydasinimi kutmoqda). Yoki qarzi boru lekin berayotgan 1000-2000 so‘m puli uni oldida hech narsa emas. Ya’ni o‘sha oz miqdordagi sadaqani bir xaftada bir martta bersa ham bermasa ham qarzini uzish yo‘lida hech qanday ziyon keltirmaydi. Aksincha, o‘sha sadaqasi tufayli Alloh moliga barokat berib qarzini uzishga yordam berishi mumkin. Shu holatlarda sadaqa berish mumkinmi? Yoki afzallik bor kuchi bilan qarzini uzishga qaratilishi kerakligidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi o‘rinda qarzini ado qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Birinchi o‘rinda qarzini ado qilish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:40 | Savol-javoblar | 146 | Moliya va tijorat