Iblis jannatga qanday kirgan?
Assalamu alaykum! Iblis (alayhilla’na) odamga sajda kilishtan bosh tortib, Allohning la’natiga uchrab jannatdan xaydalgandan so‘ng, odamdan o‘ch olish uchun qasam ichgan bo‘lsa, jannatda yurgan Odam alayhissalomni yo‘ldan urish uchun qanday qilib yana jannatga kira olgan? Yoki jinlarda istagan vaqtida jannatga kirib chiqish uchun, hattoki la’natga uchrab xaydalganidan keyin ham izn berilganmi? Yoki jannat farishtalari uni o‘tkazib yuborishganmi? Bilimsiz muxlisingizni savoli saviyasiz bo‘lsa afu etgaysiz. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo bir necha oyatlarda shayton Odam va Havo alahimassalomlarni vasvasa qilganligi zikr qilgan. Lekin qanday tarzda, jannatga kiribmi, kirmasdanmi, buning tafsilotini bayon qilmagan. Agar buni bayon qilishda bandalariga foyda bo‘lganida, albatta buni ham bayon qilgan bo‘lar edi. Dunyoda biz bilmoqchi bo‘lgan narsalar ko‘p, lekin hamma ilm ham insonning foydasiga xizmat qilmaydi. Agar insonga berilgan vaqtinchalik umr, aql, xotira kabi ne’matlarni foydali narsalarga sarflamasa, qiyomat kunida eng afsus qiluvchilardan bo‘lishi muqarrar. Aksar odamlar oyat va hadislardan ko‘zlangan asl maqsad chetda qolib, bilishligida hech qanday savob bo‘lmaydigan, balki vaqtini o‘g‘irlab, hayolini chalg‘itadigan narsalariga e’tibor qaratadilar. Siz bergan savol ham shunday bo‘lib, uning javobini bilganingizda ham sizga hech qanday savob yo‘q. Ba’zan odamlardan kelgan savollar hech qanday dunyo va oxiratiga foydali bo‘lmagani uchun javob berish yoki bermaslikni ham o‘ylanib qolamiz. Bir tomondan dili ranjishi, ikkinchi tomondan esa befoydaligi insonni o‘ylantirib qo‘yadi. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:23 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar