Mumkunmi?

Assalomu alaykum! Meni 1 yashardan o‘tgan o‘g‘lim bor. Ayolim ro‘za tutshni xohlayapti, bu bolaga zulm bo‘lib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Huzurida eri bor vaqtda ayol kishi erning ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi lozim. Ayolning o‘z eri oldidagi ushbu burchi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan olingan. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم  قَالَ لَا يَحِلُّ لِامْرَأَةٍ أَنْ تَصُومَ وَزَوْجُهَا شَاهِدٌ إِلَّا بِإِذْنِهِ، وَلَا تَأْذَنَ فِي بَيْتِهِ إِلَّا بِإِذْنِهِ رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi uchun erining huzurida uning iznisiz ro‘za tutishi va uning iznisiz uyiga birovni kiritishi halol emas», dedilar». To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Ayol kishining farz ro‘za tutishi uchun hech kimning izni kerak emas, lekin huzurida eri bor vaqtda erning ruxsatisiz nafl ro‘za tutmasligi lozim. Er g‘oyibligida tutsa, bo‘laveradi. Chunki har qanday paytda eri u bilan birga bo‘lishga rag‘bat qilib qolishi mumkin. Nafl ro‘za esa, bu ishga to‘siq bo‘ladi. Ayol kishi erining iznisiz nafl ro‘za tutib olgan bo‘lsa, er bundan bexabar, ayoli bilan birga bo‘lish istagida yonsa-yu, maqsadga erisha olmasa, orada kelishmovchilik, urush-janjal chiqishi mumkin. Bu narsaning bir necha marta takrorlanishi esa, yomon oqibatlarga olib borishi turgan gap. Qarang, Islomda turmush o‘rtog‘ining shar’iy haqqi nafl ibodatdan ustun qo‘yilmoqda! Bu haqiqatni musulmonlar juda yaxshi tushunib etmoqlari va unga og‘ishmay amal qilmoqlari lozim. ("Baxtiyor oila" kitobidan). Bolaga ziyon etmasa, ro‘za tutishi joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar