Avvalgi savolimdagi holat

Assalomu alaykum! Avvalgi savolimda otam juda katta janjalar ostida oyimga telefonlaridan taloq qildim deb aytganlarini yozgandim. Sizlardan "Necha marta aytganlar" deb savol keldi. Otam o‘shanda "3-taloq qo‘ydim,10-taloq qo‘ydim" deganlar. Buni yo‘li bormi? Ota-onam birga bo‘lishini onam bitta o‘zlari qolib ketishlaridan qo‘rqaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularga uch taloq tushib bo‘lgan. Birga yashashlari halol emas. Qaytarib oldim bilan ish bitmaydi. Siz ular zinoda yashab do‘zaxga tushishlaridan qo‘rqing. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Er kishi o‘z ayolini bir taloq yoki ikki taloq qilsa, qaytadan yarashishi mumkin. Ammo uch taloq qilgandan keyin o‘sha er uchun u ayol vaqtinchalik haromga aylanadi. Qur’oni Karimning hukmiga binoan, u ayol (idda o‘tirib) boshqa erga tegib, bu eri bilan tabiiy holatda o‘lim yoki taloq tufayli ajrashgandan keyingina (yana idda o‘tirib) birinchi erga nikohi halol bo‘ladi. Buning uchun, albatta, u ayol ikkinchi er bilan er‑xotin bo‘lib yashashi shart. Ikkinchi er jinsiy aloqaga qodir emas kishi bo‘lsa, ayol qaytadan birinchi erga halol bo‘lmaydi. Nikoh to‘g‘ri nikoh bo‘lishi ham shart qilingan. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 07:05 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar