Istenjo

Assalomu alaykum! Men taxorat olib bo‘lganimdan kegin istenjo qilib taxorat dokada artib turaman. Malum bir paytdan kegin 2 3 minutdan kegin bir ikki tomchi najosat kelyapti bazgi xolatlarda namoz o‘qiyotkan paytimda kelyapti. Bazgi tanishlardan so‘rasam sovuq o‘tib ketibdi deyishdi. Najosat tekkan kiyimda namoz o‘qib bo‘lmaydi. Shuning uchun savolim shuki tuzalgunimcha namozimni vaqtida oqiyveraymi yoki tuzalib bo‘lgandan kegin qazosini o‘qiymi. O‘qisam namoz paytda najosat kelib qolyapti o‘qime desam iymonim yo‘q qo‘ymayapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Najosat chiqishi bilan tahorat sinadi. Siz hojatga kirgandan so‘ng darhol tahorat olmasdan, ich kiyimga qog‘oz yoki mato qo‘yib, bir muddat kuting. Biror narsa chiqmaganiga ishonch hosil qilgach tahorat qilib namoz o‘qiyvering. Agar baribir biror narsa chiqaversa, a’zo teshigiga paxta solib, namozingizni ado qilishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar