Tugal ma’no

Assalomu alaykum! Namozdagi zam suralarda butun sura yoki 3 yoxud ko‘proq oyatlar o‘kiladi. Oyatlar o‘kilganda ulardagi ma’noning tugal bo‘lishi qay darajada ahamiyatli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Albatta ahamiyati juda katta. Masalan: al-Maa’uun surasini o‘qib “favaylul lil musollin” deb tugatib bo‘lmaydi. Chunki, buning ma’nosi “namoz o‘qiguvchilarga vayl, ya’ni jahannam bo‘lsin” degani. Bu oyatni albatta keyingi oyat bilan o‘qib tugatish kerak. Sababi, keyingi oyatda namozni qanday o‘quvchilarga vayl bo‘lishligini bayoni bor. Qur’oni karimda bunday oyatlarning misoli ko‘p, hammasini zikr qilishga esa bizda imkon yo‘q. Mana shuning uchun Qur’on ilmi faqat ustozlardan olinishini shartligi qayta qayta takrorlanadi. Sizning savolingiz “vaqf va ibtido” ilmiga bog‘liq. Imkoningiz bo‘lsa o‘qib o‘rganing. Agar imkoningiz bo‘lmasa, Qur’oni karimning o‘zbekcha izohli tarjimalaridan o‘qimoqchi bo‘lgan oyatlaringizni ma’nosiga qarab oling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 149 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar