Plastikdan telefonlarga pul o‘tkazish

Menda UzKard Onlayn bo‘lganligi uchun, ayrim payti ishxonadagi bolalarning telefoniga pul tashlab beraman. Ular qancha pul bersa, shuncha tashlayman. Deylik 20.000 ming berishsa, 20.000 tashlayman. Lekin men pulni tashlaganimdan keyin menga tasdiqlovchi SMS keladi. Bu SMS ning bahosi 0. 5 tsent, ya’ni yarim cent bo‘ladi. Shunda riboga aralashib qolmayapmanmi? Ya’ni, men ularga 20.000 o‘tkazib berganim bilan, SMS ni qo‘shib hisoblasa men 20.000 ming va yana 0. 5 cent xarajat qilyapman. Albatta men roziman shunga, chunki o‘z telefonimga tashlasam ham shu xarajat bo‘ladi baribir. Rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Siz riboga aralashmayapsiz.

26 May 2022, 20:39 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar