Qay biri to‘g‘ri bo‘lgan?
Assalomu alaykum! Bir odamdan eshittim Ali r.a ni Muoviya r.a o‘ldirgan Hasan va Husayn r.a larni ham o‘ldirgan dedi. Men ishonmadim, u odam men o‘zim o‘qidim universitetdagi kitobdan dedi. Keyin Muoviya r.a ni haqorat qildi. Men bilgan ma’lumotda Ali r.a ni Abduraxmon ibn muljim o‘ldirgan deb eshitgan edim. Qaysinisi haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu kabi ma’lumotlarni noaniq manba va kitoblardan o‘qib olishdan ehtiyot bo‘ling. Islom aqiydasiga ko‘ra Muoviya roziyallohu anhuni haqorat qilish gunohi kabira hisoblanadi. Bu kabi faqat mutaxassis olimdan tushunib olinadigan masalalalarda xulosa qilishdan saqlanish lozim. Xalifa Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayhning huzurlariga bir kishi kirib, “Muoviya roziyallohu anhu haq bo‘lganmi yoki Ali roziyallohu anhumi?” dedi. Shunda Umar ibn Abdulaziz : “Alloh taolo u ishlarga mening qo‘lim qo‘shilib qolishidan saqlagan ekan, men tilimni muhofaza qilib olaman” degan ma’noda javob bergan ekanlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:51 | Savol-javoblar | 134 | Siyrat va tarix