Uydagi halollik

Assalomu alaykum! Mening buvimning millati rus. Lekin, alhamdulillah, islomni qabul qilganlar! Ammo aroq ichadilar, kolbasa eydilar. Shu sababli, men dasturxonda ham o‘tira olmayman. Idishlardan ham foydalana olmayman. Qo‘llari nimaga tekkanini nimani ushlaganlarini ham bilmayman. Hamma narsaga vasvasa tutib, hamma narsani 3 martalab yuvib, asosiy vaqtim shunga ketmoqda. Men ko‘rmay qoladigan paytlarda qo‘lingizni 3 marta yuving idishni alohida 3marta yuving desam ularga ham qiyin bo‘lyapti. Men oyimlarga olib kelmang desam buvim borib olib kelyaptilar. Nima yo‘l tutay, men ularga zulm qilmayapmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni aroq ichishdan va boshqa harom mahsulotlarni eyishdan qaytarishni o‘rniga, faqatgina “qo‘lingizni yuvib yuring” deyish bilan kifoyalanayotgan bo‘lsangiz munkardan qaytarishni tark qilganingiz uchun gunohkorsiz. Agar qaytarishingizga qaramay shu ishlarni qilayotgan bo‘lsa, boshqa buyumlarni va mahsulotlarni najosat bilan bulg‘amasligi uchun qo‘lini yuvishni eslatib turishingiz unga nisbatan zulm emas. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 17:12 | Savol-javoblar | 187 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar