Sajdada qo‘llar holati
Assalomu alaykum! Boshqa mazxablarda ayollar chig‘onog‘ini sajdada qo‘ishlari mumkun emas deydilar. Bizi mazxabda esa qo‘ish kerak deyilgan. Bunga hadis bor deb eshitganman, chig‘onoq tegsa it kabi bo‘ladi deb. Yoki bu ayollarga tegishlik emasmi? Savolmni natogri bergan bolsam ming bor uzur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: اعْتَدِلُوا فِي السُّجُودِ، وَلَا يَبْسُطْ أَحَدُكُمْ ذِرَاعَيْهِ انْبِسَاطَ الْكَلْبِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sajdada mo‘’tadil bo‘linglar. Birortangiz ham tirsagini itga o‘xshab, yoymasin», dedilar». Beshovlari rivoyat qilganlar. Sharh: It ikki kafti va chig‘anoqlarini erga qo‘yib yotadi. Namozxon bunday qilmasligi kerak. Kaftlarini qo‘yib, chig‘anoqlarini ko‘tarib turishi lozim. ("Hadis va Hayot" kitobidan). عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ بُحَيْنَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم كَانَ إِذَا صَلَّى فَرَّجَ بَيْنَ يَدَيْهِ حَتَّى يَبْدُوَ بَيَاضُ إِبْطَيْهِ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ. وَفِي رِوَايَةٍ: كَانَ إِذَا سَجَدَ جَافَى بَيْنَ يَدَيْهِ حَتَّى لَوْ أَنَّ بَهْمَةً أَرَادَتْ أَنْ تَمُرَّ تَحْتَ يَدَيْهِ مَرَّتْ Abdulloh ibn Buhayna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon namoz o‘qisalar, ikki qo‘llarini ochib qo‘yar edilar. Hatto qo‘ltiqlarining oqi ko‘rinar edi». Ikki shayx rivoyat qilishgan. Boshqa bir rivoyatda: «Qachon sajda qilsalar, qo‘llarini bir-biridan qochirar edilar. Hatto qo‘llari orasidan qo‘zichoq o‘tmoqchi bo‘lsa, o‘ta olar edi», deyilgan. Bu rivoyatda sajdada turgan odam chig‘anoqlarini qanchalik ko‘tarib turishi haqida so‘z ketmoqda. Demak, u ularni erga ham, qorniga ham yaqin qilmay, ko‘tarib turishi lozim. Ayollar esa buning aksini qiladilar, ya’ni chig‘anoqlarini ko‘tarmaydilar, qorinlarini sonlariga yopishtiradilar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 209 | Ibodatlar