Raxm xakida
Assalomu alaykum! Xurmatli ustozlar sizlarga bir savol bilan murojat kilgandim (agar beodoblik kilgan bulsam uzur surayman) u savolni javobi uylantiryapti sizlardan iltimos batafsil malumot bersangizlar, BANDAGA BANDANI RAXMI KELSA ALLOXNI KAXRI KELADI didi u kanchalik tugri javop uchun oldindan raxmat ALLOX xammamizdan uzi rozi bulsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonlarning bir-birlariga marhamat ko‘rsatishi Qur’on va sunnatning mo‘min bandalarga buyurgan amalidir. Siz aytgan gapning asosi yuq. عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: الرَّاحِمُونَ يَرْحَمُهُمُ الرَّحْمَنُ، ارْحَمُوا أَهْلَ الْأَرْضِ يَرْحَمْكُمْ مَنْ فِي السَّمَاءِ Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Rahm qiluvchilarni Rohman rahm qiladi. Er ahliga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qiladi», dedilar». Sharh: Rohman sifati sohibi bo‘lgan Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda boshqalarga rahm qilsin. Osmonda bo‘lgan Zot – Alloh taoloning rahmatidan umidvor bo‘lgan banda er ahliga rahm qilsin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar