Qarz va sadaqa

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, hozirda otamning qarzlari bor. Men oldingi savol javoblarda qarzi bor inson sadaqa qilmaydi deylganiga guvox bo‘ldim. Shuning uchun sadaqa qilsam bo‘ladimi? Ya’ni otamning qarzlari borligi meni qilgan sadaqamga ta’siri yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda qarzi bor inson qarzini to‘lashi vojib, sadaqa qilish esa mandub amaldir. Bundan zimmasida ado qilishi vojib bo‘lgan qarzi bor kishilar, sadaqa qilish o‘rniga qarzini ado qilishi kerakligi kelib chiqadi. Sizni holatingizda sadaqa qilmoqchi bo‘lgan mablag‘ingizga bog‘liq. Agar otangizni qarzini to‘lashga etadigan miqdorda bo‘lsa, o‘shani to‘laganingiz yaxshi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:57 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar