Foydasidan boshqa dinlarni rivojiga sarflanadigan maxsulotlar

Hozirgi kunda ko‘pgina taniqli kompaniyalar mahsulotlarining sotilishidan tushgan mablag‘larni boshqa dinlarni rivojiga yoki islom dinining ziyoniga ishlatilishi haqida aniq va noaniq ma’lumotlar ko‘payyapdi. Chet eldagi do‘stim boshqa bir musulmon bilan shu haqida tortishib qolganini aytdi. Do‘stim o‘shanday mahsulotlardan iste’mol qilsa, u "sen ularning ishiga hissangni qo‘shyapsan" debdi. Do‘stim esa unday emasligini, 5-6 kishi bundan chetlangani bilan hech nima o‘zgarmasligini tushuntiribdi. Agarda kundalik extiyojimizdagi ishlatilayotgan har bir mahsulot, buyum yoki jixozni tahlil qilib chiqsak, ozmi ko‘pmi narsadan voz kechishga to‘g‘ri kelib qoladi, menimcha. Hazrat, shu masalaga qanday yondoshish kerak, bu haqida ulamolarning fatvolari chiqqanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur mablag‘lar musulmonlarga qarshi ishlatilishi aniq bo‘lsa, mumkin emas. Ehtimoli bo‘lsa, siz aytgan gap bo‘ladi.

26 May 2022, 18:54 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar