So‘ragan yaxshimi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, men Rossiyada o‘qiganman. U erda go‘sht mahsulotlarini faqat halolini izlab topib, sotib olar edik. Endi men hozir O‘zbekistondaman. Savolim go‘sht mahsulotlarini xohlagan qassobxonadan sotib olib esam bo‘ladimi? Yoki bu erda ham so‘ragan yaxshimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Tag‘obun” surasida marhamat qiladi : فَاتَّقُوا اللَّهَ مَا اسْتَطَعْتُمْ وَاسْمَعُوا وَأَطِيعُوا وَأَنفِقُوا خَيْرًا لِّأَنفُسِكُمْ وَمَن يُوقَ شُحَّ نَفْسِهِ فَأُوْلَئِكَ هُمُ الْمُفْلِحُونَ 16. Allohga qo‘lingizdan kelganicha taqvo qiling hamda quloq osing, itoat qiling va nafaqa qiling, o‘zingizga yaxshi bo‘ladir. Kim o‘z nafsining ziqnaligidan saqlansa, ana o‘shalar – o‘zlari zafar topuvchilardir. Bu oyatning avvalida Alloh taolo mo‘min bandalarini Unga iloji boricha va imkoni boricha taqvo qilishga da’vat etyapti, buyuryapti. «Allohga qo‘lingizdan kelganicha taqvo qiling…» Taqvoning chegarasi yo‘q, qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Lekin inson o‘zini ortiqcha takallufga urintirishi Islom g‘oyasi emas. Alloh taolo bandalarini toqatidan tashqari ishlarga buyurmaydi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Sizlarni bir ishga buyursam, qo‘lingizdan kelganicha qiling, bir ishdan qaytarsam, undan qayting», – deganlar. Demak, itoatning cheki yo‘q, ammo man qilingan narsalar bo‘laklarga bo‘linmaydi, ularning hammasini birdan ado etish darkor. Ilohiy amrlarni oqilona tinglab, ularga itoat etish har bir iymonli shaxsning burchidir. Alloh taolo mo‘minlarni yana mol-dunyolaridan nafaqa qilishga ham buyurmoqda va bu ish mol sarflovchining o‘ziga yaxshi bo‘lishini uqtirmoqda. «...quloq osing, itoat qiling va nafaqa qiling, o‘zingizga yaxshi bo‘ladir». ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:58 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom