Savob,gunoh,zino
Assalomu alaykum ustozlar!Imom domlamiz "agar inson qilayotgan ishini savob yoki gunohligini bilmasa,qanchalik katta xarom ishlarni qilmasin unga gunoh va qanchalik yaxshilik qilmasin unga savob yozilmaydi" dedi?Bir dostimiz maktab vaqtlari qizlar bilan zino qilib yurgan.U vaqtlar bu narsani qanchalik daxshatli gunohligini hayoliga ham keltirmagan(chunki oilasida ham diniy,manaviy parokandalik bor)keyinchalik 2,3 yil buni gunohligini bilsada zinodan qaytmagan.Allohimga shukurlar bolsinki mana endi hozir juma namozlarga kelyapti,inshaalloh 5 vaqt namozni ham boshlamoqchi.Savolim: imomning gapi qanchalik togri.Agar shunday bolsa dostimizni maktab davridagi qilgan zinolari uchun begunoh hisoblanadimi?Rahmat.Alloh rozi bolsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zinoning haromligini bilmaydigan musulmonning o‘zi yo‘q. Do‘stingiz ham bilgan. Inson tavba qilsa, Alloh taolo tavbasini qabul qilishga va’da bergan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 150 | Islam