Xadislarni xar xil talqin qilish
Assalomu alaykum! Payg‘ambarimizning hadislarini aytib bermoqchi bo‘lsam ba’zi qo‘shimchalar qo‘shilib ketsa yoki kamchilik bo‘lib qaeridir o‘zgarib ketsa mazmuni bir xil bo‘lsa ham gunoh yoziladimi? Ahli ilmlar hadis aytishganlarida ham hammasi har-xir bo‘ladi, bunga qanday qarashim kerak, aldovmi yoki ishonaveraymi xammasiga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun hadisning fiqhini o‘rganishingiz shart. Bilmasangiz o‘zingizcha talqin qilmang. Bir hadis faqat bitta ma’noni anglatadi degan tushunchangiz bo‘lsa bu xato. Oddiy misol “Hadis va Hayot” kitobini olib qarasangiz “Hadisdan olinadigan foydalar” degan joyiga qarasangiz bir nechta ma’noni anglatishini tushinib olasiz. Ustozimiz ham o‘z tushunganlaricha sharh berganlar. Undan boshqa yana boshqacha sharhlagan bo‘lishlari ham mumkin, lekin unday qilish olim bo‘lmagan kishilarning ishi emas. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:39 | Savol-javoblar | 155 | Hadislar