Savdo-sotiqda do‘stim bilan muammo
Assalomu alaykum! Yaqinda bir domlaning maruzasida eshitb qoldim Pamg‘ambarimiz "ikki solih do‘st tijorat qilganda do‘sti unga zarar berib o‘zi foydalansa, bu do‘stdan uzoqlashing chungi u Alloh va sizga hiyonat qilgan" deb aytkanlar dedilar. Men savdo sotiq bilan shug‘ullanaman, do‘stim ham men bilan shug‘ulanadi. Lekin sotadigan narsamiz boshqa boshqa narsalar edi. Kunlar o‘tib u o‘zi qilgan tijoratdan uncha foyda ko‘rmagani uchunmi meni foydam unikidan ko‘proq bo‘lgani uchunmi endi do‘stim meni narsalarimni sotishni, meni narsamga raqobatchi bo‘lgan narsalarni sotib meni haridorlarimga sotmoqda. Alloh bergan rizq deb indamay yurgandim. Shu maruzani eshitib savol yo‘lladim. Men bu do‘stdan kechishim kerakmi yoki o‘ziga tushuntirib ko‘raymi yoki Alloh bergan rizqi ekan deb indamay qo‘yaveraymi? Axir u baribir do‘stimku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Indamay qo‘yavering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Indamay qo‘yavering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 18:28 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar