duoga qo‘l ko‘tarishda qo‘llar holati
Assalomu alaykum! Bir xadis eshitgandim azon bilan takbir urtasida duo yuk deb .
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri eshitibsiz. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: لَا يُرَدُّ الدُّعَاءُ بَيْنَ الْأَذَانِ وَالْإِقَامَةِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Azon va iqomat orasidagi duo rad qilinmas», dedilar». «Sunan» sohiblari rivoyat qilganlar. Sharh: Ushbu vaqt duo to‘siqsiz qabul qilinadigan vaqtlardan biridir. Chunki bu muddat sharafli vaqtdir. Shuning uchun ham azon bilan iqomatning orasida chin qalbdan, qabul bo‘lishiga to‘la ishonib, shartlarini keltirib, duo qilish kerak. وَقَالَ رَجُلٌ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنَّ الْمُؤَذِّنِينَ يَفْضُلُونَنَا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: قُلْ كَمَا يَقُولُونَ، فَإِذَا انْتَهَيْتَ فَسَلْ تُعْطَهُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Bir odam: «Ey Allohning Rasuli, muazzinlar bizdan ko‘ra fazilatli bo‘lurlar», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular nima desalar, sen ham ayt. Qachonki tamom qilsang, so‘ra. Senga so‘raganing ato qilinur», dedilar». Abu Dovud rivoyat qilgan. Sharh: Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Fazilatli amal qiluvchilarga havas qilish va ular erishgan fazlga erishishga harakat qilish yaxshiligi. 2. Bilgan kishilardan fazilatga erishish yo‘lini so‘rash. 3. Muazzin azonda aytayotgan lafzlarni qaytarib aytib turish. 4. Azondan keyin hojatini so‘rab, duo qilish. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:01 | Savol-javoblar | 177 | Hadislar