Sajdada holat

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, ko‘pincha shunday holatlaga e’tibor berib qolamiza, nomoz o‘quvchi sajda paytida judayam yotivorgan holatlarn ko‘ramiz. O‘zi kitoblarimizda qanday ko‘rsatilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Sajdaga borayotganida avval ikki tizzani, keyin ikki qo‘lni va ikki qo‘l orasiga boshini qo‘yadi. Sajdada turganida qo‘llarning panjalari qiblaga qarab turishi kerak. Shuningdek, peshonasi va burni erga tegib, qo‘ltiqlari ochilib, qorni sonlariga tegmay turadi. Oyoqlarining panjalari ham qiblaga qarab turadi. Sajdada turganda kamida uch marta «Subhana robbiyal a’la» deb, tasbeh aytadi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 17:43 | Savol-javoblar | 181 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar