TALOQDAN QO‘RQIB
Assalomu alaykum xurmatli ustozlar! Ko‘pdan ko‘p ilm berib, savollarimizni be e’tibor qoldirmay javob berib, bilmaganlarimizni o‘rgatayotganingiz uchun mingdan ming raxmat. Allox ta’olo sizlardan rozi bo‘lsin! Qanchalik Alloxga yaqin bo‘lishga xarakat qilib, o‘rgangan sari odam qanchalik ko‘p noto‘g‘ri ishlaru, Allox o‘zi kechirsin gunoxlar qilganini bilib borarkan va shuning uchun xar qadamda savol tug‘ilaverarkan. Savollarga javoblarni asosan kitoblardan axtarishga xarakat qilayabman lekin ayrim aniqlash tezroq za’rur deb bilganlarimni sizlardan so‘rayabman. Men bir yilcha oldin juda noto‘g‘ri ish, gunox qilib qo‘ydim, afsuski gunoxligini, juda yomon ish qilganimni keyin chunib etdim. Menga ayolimning bir qo‘shiqchining qo‘shiqlarini eshitishi umuman yoqmas edi, negadur rashk qilardim, xoxlamas edim. Bundan ayolimni ko‘p ogoxlantirdim, ko‘p qaytardim. Aytganimni qilardi lekin goxi goxida tortishib qolgan paytlarimiz menga qasdma qasd qilib o‘sha qo‘shiqchini qo‘shiqlarini tinglardi. Shunday xollarning birida AGAR YaNA BIR MAROTABA ShU QO‘ShIQChINI QO‘ShIG‘INI TINGLASANG SENI T. (uzr shu so‘zni aytgim kelmayabdi, to‘g‘risi juda qo‘rqib qoldim) qilganim bo‘ladi deb aytib yubordim. Keyin kunlarning biridi shu xol bo‘ldi, u o‘sha qo‘shiqchini qo‘shig‘ini eshitib qoldi. Keyin men bir yaqin qori akamizni oldilariga borib ulardan maslaxat so‘radim (u paytda sizlarga savol yo‘llash mumkinligini bilmas edim). Qori aka xotinimga T. tushganini aytdilar va qattiq tanbex berib, bu kalima to‘g‘risada ko‘p ma’lumot berdilar va qayta qayta Uch T. deyilmaganmi deb so‘rab keyin qayta nikox o‘qib qo‘ydilar, Allox ulardab rozi bo‘lsin. Shu bilan mana oradan sakki, to‘qqiz oy vaqt o‘tdi meni bir xayol tinch qo‘ymayabdi, ayniqsa oxirgi paytlarda T. to‘g‘risida yanada ko‘proq ma’lumot olganimdan so‘ng, umuman tinchim yo‘q. Menl qiynayotgan savol agar mabodo yana atayin yoki bexosdan ayolim o‘sha qo‘shiqchini qo‘shiqlarini eshitib qolsa yana T. tushib qolmaydimi? Agar Alloh saqlasin tushib qolsa bundan qanday qutilsa bo‘ladi, bu lafzimni qanday qaytarib olsam bo‘ladi? To‘g‘risi o‘sha paytgacha xech kim menga bo‘ so‘zning oqibatlari to‘g‘risida deyarli ma’lumot bermagan edi, ilmsizligim tufayli shu ko‘yga tushib qoldim. Raxmat kattakon, Alloh siz va bizdan rozi bo‘lsin! Omin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan gap qasam hisoblanib, oraga bir marta taloq tushishi bilan echiladi. Keyingi safar eshitsa ham taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:03 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgan gap qasam hisoblanib, oraga bir marta taloq tushishi bilan echiladi. Keyingi safar eshitsa ham taloq tushmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:03 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush