TAFSIRI XILOLNI O‘QISh QOIDALARI
Assalomu alaykum xurmatli ustozlar! Men yaqinda TAFSIRI HILOL kitobining elektron variantini o‘z telefonimga sotib oldim. Yoshligimizdan QUR’ON kitobini tepada, pok joyda saqlash kerak, o‘qiganda xam ko‘krakdan tepada turishi kerak, betaxorat o‘qish u yoqda tursin teginish mumkin emas deb o‘rgatishgan. Xozir esa telefon doimo yonimizda bo‘ladi, taxoratli taxoratsiz paytimizda xam, yonimda bo‘ladi, telefon asosan shimimni cho‘ntagida olib yuraman, xotta goxida masjidlarda taxorat xonaga xam (xojatxonasiga) bilmasdan olib kirib ketib qoldim Allox O‘zi kechirsin. Savolim shuki, bu masalani qanday xal qilsam bo‘ladi, telefonni uyga tashlab qo‘yib bo‘lmaydi doimo zarur, olib yurganda yuqoridagi vaziyatlar bo‘layabdi, yoki telefonni taxortsiz xam ushlab yurishim mumkinmi? TAFSIRI XILOLni betaxorat o‘qish mumkinmi yoki yo‘q, MO‘MINNING MEROJI, RASULULLOX (s.a.v.) kitoblarinichi? Umuman qanday kitoblarni betaxorat o‘qisa bo‘ladiku qandaylarni faqat taxorat bilan o‘qish lozim, shulaf xaqida ma’lumot bersangiz, sizlardan iltimos. Allox sizdan rozi bo‘lsin! Raxmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni karimdan boshqasini tahoratsiz holatda ham o‘qishingiz joiz, afzal bo‘lmasada. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:06 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qur’oni karimdan boshqasini tahoratsiz holatda ham o‘qishingiz joiz, afzal bo‘lmasada. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:06 | Savol-javoblar | 174 | Dolzarb savollar