Ramazondagi tasbeh

Assalomu alaykum! Biz bir masala bo‘yicha tortishib qoldik. Bir tanishim “taroveh namozidagi aytiladigan salovat ya’ni “subahan azil mulki val malakut” ni aytish bid’at” dedi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tarvih nafsga dam berish va charchoqni ketkazib, yangi kuch hosil qilishga aytiladi. Uni biror bir xos narsa bilan chegaralanmaydi. Bizning diyorlarda shunday vaqtda yuqoridagi kalimalarni o‘qish odat tusiga kirgan. Tarovihni shunga chegaralab olish, uni o‘qimaganni malomat qilish  haqiqatda bid’at hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:50 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar