Yaqin qarindoshlar xafalashib qolganda
Assalomu alaykum! Mening ikki juda yaqin qarindoshlarim bir birlaridan xafa bo‘lib qolishdi. Sababini aniq bilmayman, ammo onam aytishlaricha, buvim onamdan kechgan ekanlar. Oradan 2 yil o‘tdi, onam buvimni oldilariga bormaydilar, ammo buvim onamlarni so‘rab turadilar. Bir ko‘rishishganda oralarida salomdan boshqa gap bo‘lmadi. Shunga, aziz ustozlar, onam va buvimni qayti yarashtirish uchun bir diniy yoli bormikan deb sizlarga murojat qilishni o‘yladim. Nojoiz savol bergan bo‘lsam, uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Onangizga Ustzimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Yaxshilik va silai rahm” nomli kitoblarini olib o‘qib bering. Odatda bu kabi ishlar dinimiz ta’limotlaridan bexabar ekanliklaridan sodir bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:10 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush