Qur’on suralarining nomlanishi

Assalomu alaykum Hurmatli Shayx Hazratlari. 1. Bizga ma’lumki ayrim suralarning bitta nomi bo‘lsa, ayrimlarining bir necha nomlari bor. Ushbu suralarning nomlari qandoq qo‘yilgan, ya’ni ularning nomlarini Allohning amri ila Rasululloh solallohu alayhi vasallam o‘zlari qo‘yib berganlarmi yoki keyinchalik ulamolar tomonidan nomlanganmi? 2. Qur’oni Karimning 30 poraga bo‘linishi nimaga asoslangan va nega aynan 30 poraga bo‘lingan? Qur’oni Karimning 30 poraga bo‘linishini Allohning amri ila Rasululloh solallohu alayhi vasallamning o‘zlari joriy qilganlarmi yoki keyinchalik ulamolar tomonidan joriy qilinganmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur, Alloh rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. - Suralarning nomlari ularda zikr qiligan narsalar yoki ularning boshidagi so‘zlardan qo‘yilgan. Alloh taolo nomlagan emas.2. - Qur’oni Karimni poralarga bo‘lish keyin chiqqan narsa.

30 Aprel 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 169 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar