Taqdir iymon Allohning sifatlari
Assalomu alaykum! Hidoyat haqida. Hidoyat Allohdan. Alloh hidoyat qilmaganda hamma do‘zaxiymidi hech kim o‘z hohishi bilan iymonga kelmaydimi. Hayotda imkon beriladi kimdir iymonni kimdir kufrni tanlaydi. O‘sha kofirni Alloh qalbini dinga moyilsiz qilib yaratganmi. Avval boshga qaytadigan bo‘lsak shu narsa kelib chiqadi.U shirk keltirishi kerak edi Ya’ni Alloh uni qalbiga shuni iymonni bermagan u huddi do‘zah uchun yaralganday. Ho‘p shunday ekan bu erda Allohni bir necha sifatlari topilmayabdi Rahmdillik O‘z bandalariga mehribon Zulm qilmasligi Mag‘firati azobidan birinchi bo‘lgani. Shu narsani tushuntirib berilar iltimos!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Qosos” surasida marhamat qiladi : إِنَّكَ لَا تَهْدِي مَنْ أَحْبَبْتَ وَلَكِنَّ اللَّهَ يَهْدِي مَن يَشَاء وَهُوَ أَعْلَمُ بِالْمُهْتَدِينَ 56. Albatta, sen o‘zing sevgan kishingni hidoyat qila olmassan. Lekin Alloh kimni xohlasa, o‘shani hidoyat qiladir. U hidoyatga yuruvchilarni yaxshi biluvchidir. “Nahl” surasida : وَلَوْ شَاء اللّهُ لَجَعَلَكُمْ أُمَّةً وَاحِدَةً وَلكِن يُضِلُّ مَن يَشَاء وَيَهْدِي مَن يَشَاء وَلَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ 93. Agar Alloh xohlaganida, sizlarni bir ummat qilar edi. Lekin xohlagan kimsani zalolatga ketkazadir va xohlagan kishisini hidoyat qiladir. Va albatta, qilib yurgan amallaringizdan so‘ralursizlar. Yuqoridagi oyatlarda Alloh O‘zi xohlaganini hidoyatga boshlab, O‘zi xohlaganini zalolatga boshlashi aytilgan. Boshqa o‘rinda esa kimni hidoyatini, yoki kimni zalolatini xohlashini ham aytib o‘tgan. “Ro’d” surasida : وَيَهْدِي إِلَيْهِ مَنْ أَنَابَ 27. O‘ziga tez qaytadiganlarni hidoyat qilur», – deb ayt. “Tavba” surasida : وَاللّهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 109. Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. “Moida” surasida : إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ 67. Albatta, Alloh kofir qavmlarni hidoyat qilmas. “Munafiqun” surasida : إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الْفَاسِقِينَ 6. Albatta, Alloh fosiq qavmlarni hidoyat etmas. “G‘ofir” surasida : إِنَّ اللَّهَ لَا يَهْدِي مَنْ هُوَ مُسْرِفٌ كَذَّابٌ Albatta, Alloh haddidan oshgan va kazzob shaxsni hidoyat qilmas. “Yusuf” surasida : ذَلِكَ لِيَعْلَمَ أَنِّي لَمْ أَخُنْهُ بِالْغَيْبِ وَأَنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي كَيْدَ الْخَائِنِينَ 52. «Bu yo‘g‘ida unga xiyonat qilmaganimni va albatta, Alloh xoinlarning hiylasini to‘g‘rilikka yo‘llamasligini bilishi uchundir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/41566
26 May 2022, 10:17 | Savol-javoblar | 172 | Aqiyda