Xoch firmada ishlash

Assalomu alaykum! Bir birodarimiz bor, Rossiyada nasroniylarning xoch va qabr toshi o‘rnatib berish xizmatida shofyor bo‘lib ishlaydi. O‘sha xoch va qabr toshlarni nasroniy qabristonlariga o‘rnatish uchun mashinada tashib beradi. O‘zi namoz o‘qiydi, uni topayotgan puli xalolmi? Biz borma u ishga deb aytdik, boshqa bormayman degandi. Yaqinda bilsak yana shu ishga boribdi. Uni bu ishdan qaytarish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon odam bunday ishlarda ishlamasligi kerak. Boshqa ish topsin. Vallohu a’lam!

16 Oktabr 2023, 13:28 | Savol-javoblar | 0 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar