Farz ro‘zalarining qazosi

Assalomu alaykum! Siz azizlarga qilayotgan mas’uliyatli ishlaringizda Yaratganning O‘zi madadkor bo‘lishini tilab yordam so‘ramoqchi edim. Yoshlikda qolib ketgan, ya’ni uzrsiz tutilmagan farz ro‘zalarini taxminan adadini hisoblab, qazosini tutsa bo‘ladimi? Har oyda 3 kun nafl ro‘zasini tutishga odatlangan inson, shu nafl ro‘zalar o‘rniga “farzning qazosi” deb niyatini qilish joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz. Qazosi bo‘la turib nafl tutish, makruhdir. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:45 | Savol-javoblar | 123 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar