Arzon olib narx qo‘yib sotish
Assalomu alaykum! Avtomobilga moy sotadigan do‘kon yangi yil bayrami arafasida o‘z mahsulotlariga (avtomobil moylariga) 40% chegirma (skidka) e’lon qildi. 30-dekabr kuni u chegirmalar o‘z kuchini yo‘qotib, mahsulot yana o‘zining avvalgi narxida sotila boshlaydi. Men o‘zim va akamning avtomashinasi uchun u moydan 10 dona oldim. Savolim shuki: do‘konning chegirma muddati tugagandan keyin, men chegirma narxida sotib olingan mahsulotni do‘kon bilan barobar (avvalgi) narxda, ya’ni ustama qo‘yib sotishim joizmi? Javobinguz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz sotib olishda noto‘g‘ri ish qilgansiz. Chunki u chegirmadan foydalanish barchaning haqqi edi. Boshqalarga qoldirmay keyin sotish joiz emas. Boshqalar bu imtiyozdan foydalanmasdan u narsa sotilmay turgan bo‘lsa, bu boshqa gap. O‘sha narsa shaxsiy mulkingiz bo‘lganidan keyin xohlagan narxingizga sotishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat