Imomlikka kim loyiq

Assalomu alaykum! 1). Namoz o‘qiyotganda er qimirlasa, to‘fon boshlansa, biror yirqich hayvon hujum qilsa yoki moliga o‘g‘ri kelishidan ikkilansa namozni buzishga ruxsat bormi yoki taqvo qilish yaxshiroqmi? 2). Bir musulmonni joniga xavf solishsa o‘rtaga dindan chiqish sharti qo‘yilsa u odam tili bilan chiqsayu ammo dilida rozi bo‘lmasa lekin qarshi taraf farosatliroq chiqib qolib o‘z dinida sodiq turmadi biznikada sodiq bo‘ladimi deb baribir uni o‘ldirib yuborsa u odam shunda qanday xolda tiriladi dindan chiqqan xoldami yo musulmon xolatidami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Namozni buzishga ruxsat bor. 2). Qalbi iymonda bo‘lsa mo‘min bo‘lib tiriladi. Ammo kufr lafzini aytmasdan o‘lib ketishi afzal. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 209 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar