Munkar ishni ko‘rsa gapirish

Assalomu alaykum! Tog‘amni uyida yashayman, yaqindan beri kun ora uyida qimorxona ochayabdi. Birinchi kun zo‘rg‘a “Allohdan qo‘rqmaysizlarmi” deya oldim xolos. Tog‘am ichgandi, “yo‘q-yo‘q” deb yubordi. Hayajon kuchli gapira olmay chiqib ketdim. Undan keyin ko‘p kelishdi gapira olmadim. Hech shu payt xayolimga qanday gaplarni aytishim kerakligi kelmaydi. Qisqa va lo‘nda gaplar kerak. Bir marta aytishim etarlimi? Men faqat iymonim sustlashishidan qo‘rqyapman, gapirsam iymonim ziyoda bo‘ladi. Bizda ko‘pincha yosh bolani gapini pisand qilishmaydi, gapira olmasligimning bir sababi bu.
2. Militsiyaga bervorsammikan, shtraf soladi, minus oilaga bo‘ladida faqat. Lekin samara bersa kerak.
3. O‘sha qimor o‘ynalgan xonada namoz o‘qisam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2-3). Joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:21 | Savol-javoblar | 134 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar