Namozlarim haqida

Assalomu alaykum! Ustozlar men namoz o‘qishni boshlamoqchiman, bir qancha savollarim bor, savolarim cho‘zilib ketsa kechirasizlar. Men vasvasalardan qutilolmayapan, suv najasga oid vasvasalardan. 1-qulimizni yuvib artganimizda qo‘limizda namlik qoladi, qo‘limizdagi namlik bilan quruqmi yoki nam najasni ushlasak qo‘limiz najas bo‘ladimi? 2). Biron joyda nam yoki ho‘lroq najas bo‘lsa, kiyim tegsa kiyim najas bo‘ladimi? Joynamozni nam najas joyga to‘shab namoz o‘qisak joynamoz najas bo‘ladimi yoki qayta foydalanaveraylikmi? 3). Biron bir oyoq kiyimga najas bo‘lib qolsa uch marta yuvib qatron qimay masjidgacha kiyib borsak bo‘ladimi oyoq kiyimga yosh bola siyib yuborsa yuvmasdan quritib kiysa bo‘ladimi? 4). Siyib bo‘lganimdan kiyin 20 minut o‘tgincha siydik tomchilab turadi. Xojatxonada turgan xojatxona qog‘ozidan foydalansam bo‘ladimi yoki biror bir lattani qo‘yib foydalanaymi? Salfetkadan foydalansam 2 yoki 3 kun yuvmasdan foydalansam bo‘ladimi? Chunki salfetkaga siydik tegib qoladi, siydik tekan joyi keyingi safar avratimning boshqa joyiga tegishi mumkin. Hechqisi yo‘qmi?5). Junub bo‘lganimda burnimga uch marta suv olib tortsam ham malum miqdorda kir qoladi. Yoki tahorat olganimda ham kir qoladi. G‘uslim va tahoratim to‘g‘ri bo‘ladimi? Tahorat olyotganimda ko‘zimning kirini artib tahorat olaman. Tahorat olib bo‘lganimdan keyin bir oz o‘tib kir yig‘iladi. Shunda tahoratim ketmaydimi? 6). Mahsiga najas tegsa uch marta yuvib artsak toza bo‘ladimi? 25000 so‘mlik mahsidan foydalansak bo‘ladimi? Po‘sti tezroq tishib qolar ekan. Mahsini kiyib soat 12da tahoratimiz sinsa mudati 12dan boshlanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bo‘lmaydi. 2). Najas bo‘lmaydi foydalanavering. 3). Kiyib borsangiz bo‘ladi. 4). Oddiy qog‘oz salfetkadan foydalansangiz keyin tashlab yuboraverasiz. U qimmat turmaydi. Tualet qog‘ozlar ham bo‘ladi. 5). Burunning ichida qolsa zarar yo‘q. 6). Uch marta yuvsangiz toza bo‘ladi. 25.000dan foydalanmang. Mahsi kiyib 12da ketsa ertasi 12da vaqti chiqadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 157 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar