Ramazonda jannat eshiklari ochilishi

Assalomu alaykum! Abu Hurayra roziyallohu anhudan kelgan rivoyatda Rasululloh sallolohu alayhi vasallam: "Ramazon kelsa jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi" deganlar. Lekin jannat eshigi birinchi bo‘lib payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam tomonidan birinchi bo‘lib qiyomatdan so‘ng ochiladiku? Ramazonda jannat eshiklari ochilishini qanday tushunish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Jannat eshiklari ochiladi degandan murod jannatning rohatidan er yuziga yog‘iladi deganidir. Ayni shu gap inson qabrga qo‘yilganda solih bo‘lsa jannatdan unga darcha ochilinadi, rohatini his qilib yotadi deyilgan. Har bir musulmon, musulmon tugul kofir ham ramazonning barakotini his qiladi. Siz aytgan hadisda esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu dunyoda yashab o‘tgan jasadlari bilan birinchi bo‘lib jannatga kirishlari aytilgan. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 04:31 | Savol-javoblar | 151 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar