Ksenion yorituvchi

Assalomu alaykum! O‘zbekistonda juda ko‘k rangli ksenon qo‘yganlar chiroq yoritgichi ko‘paygan. Bu odamlar gunoh qilishmoqdami? Ular boshqa qarama qarshi xaydovchilarga ko‘ziga ko‘k yoritgichi bilan salbiy ta’sir qiladi. Bu gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zarracha bo‘lsada o‘zgalarga ozor berib zarar etkazish zulm hisoblanadi. Zulm esa shar’an harom. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالُوا: يَا رَسُولَ الله، أَيُّ الْإِسْلَامِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: «مَنْ سَلِمَ الْمُسْلِمُونَ مِنْ لِسَانِهِ وَيَدِهِ». تحفة: 9041 Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, Islomdagi qaysi (amal) afzal?» deyishdi. U zot: «Qo‘li va tilidan musulmonlar omonda bo‘lgan kishi(ning amali)», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:28 | Savol-javoblar | 162 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar