Ayol kishi topgan pul

Assalamu alaykum! Savol javoblar sahifasida ushbu savolni o‘qib qoldim. "Men ham, ayolim ham ishlaymiz. Uning maoshida mening haqqim bormi? Bor bo‘lsa qay darajada? «Maoshing qancha, uni nimaga sarf qilasan» deb so‘rashga haqqim bormi? Iltimos batafsil javob bering. JAVOB: Haqqingiz yo‘q. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - islom.uz. Bu umumiy javobmi? Ya’ni ko‘chada topadimi yoki uyda chevarchilik, pishiriq qilib topgan pulida ham erini haqqi bo‘lmaydimi? Javobingiz uchun rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqqi bo‘lmaydi. Balki nafaqa borasida er xotindan qarzdordir. Agar ayol o‘zining kiyimi, eb-ichishi kabi harajatlarni o‘z yonidan sarflab, er ularga sarf qilmasa er zimmasidagi vojibni ado qilmagani uchun gunohkor bo‘ladi. Vallohu a’lam.

28 Aprel 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar