Insoning muchali
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, otaxon va onaxonlarmiz duo qilishganda 7 muchamizni sog‘ qilgin deyishadi. Ba’zi qariyalarmiz 4-5 muchal deyishadi. Aslida 4, 5, 7, muchaldan qay biri to‘g‘ri? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz noto‘g‘ri tushunibsiz. Ular hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Kishi etti a’zosi bilan sajda qiladi. Bosh, ikki qo‘l, ikki tizza va ikki oyoq” deganlar. Shu hadisga binoan avvalgi ota-bobolarimiz “Allohim bizni shu etti a’zolarimizni salomat qilib, bizni namozingdan aslo qoldirmagin” deb duo qilishgan. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 150 | Duolar