Islomdan boshqa dinga o‘tish va ularning hukmi qanday?

Savol: Men internetda bir holatni ko‘rib yig‘ladim. Ya’ni o‘zlari o‘zbek, musulmon insonlarning farzandi bo‘la turib, boshqa dinga kirib, faxrlanishib islomni “noto‘g‘ri din” deb, o‘zlari sig‘ingan dinni haq deb insonlarni chorlamoqdalar. Achinarlisi shundaki, bir ayol aka-ukalaridan kechkanligini, otasining so‘ziga kirmaganligini va Isodan kechmasligini faxr bilan aytdi. Yoshi taxminan 70-75 kirgan oppoq soqolli otaxon “islom dini noto‘g‘ri, mana bu din haqiqiy nochorlarga pul, uy va shunga o‘xshash moddiy tomondan yordam beradi” deb da’vat qilib turganini ko‘rib, nafratlanib ketdim. Shunda o‘zimga o‘zim, “qani endi iloji bo‘lganida ibodatxonasiga o‘t qo‘yar edim” dedim. Lekin Allohdan qo‘rqaman. Bu Murtadlarga islomda qanday hukm bor?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Ularga xatolarini tushuntirish kerak. Ularning Islomdan xabari yo‘q bo‘lgan. Xuristianlarning missionerlari turli aldovlar bilan yo‘ldan urgan. O‘zlari aytgandek, pul va qandaydir “yordam” bergan. Bunga o‘xshashlar, ming afsuski bugun bor va ko‘payishib bormoqda. Ularni “murtad” deyiladi. Bu dunyosi va oxirati xarob bo‘ladi. Shu bilan birga haqiqatni bilmay qilayotganlari ham bo‘ladi. Mazkur murtadlardan ba’zilari o‘lganda o‘ligini musulmonlarning qabristoniga kiritilmagan edi, ba’zilari tushunib etib yana Islomga qaytdilar. Shunga o‘xshash ishlar, tushuntirishlar bo‘lib turishi lozim. Murtad bo‘lganning xotini taloq, o‘zi kofir va tushuntirib, qamab qo‘yilgandan keyin ham qaytmasa, hukumat tomonidan o‘limga hukm qilinadi.

1 May 2022, 20:45 | Savol-javoblar | 161 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar