Erga qarab yotish

Assalomu alaykum! Men yaqinda bir joyda «erga qarab yotish do‘zaxiylarga mosdir» degan so‘zni ko‘rib qoldim. Bu gap to‘g‘rimi? Men ko‘pincha shu holatda uyquga ketishga odatlanib qolganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam erga qarab yotish borasida : “U do‘zax ahlining yotishidir”, boshqa bir rivoyatda “U Alloh azza va jalla g‘azab qiladigan yotishdir” deganlar. Abu Dovud rivoyati. Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qorinchasiga yotgan kishini ko‘rib, : “Bu Alloh va Uning rasuli g‘azab qiladigan yotishdir” dedilar. Termiziy rivoyati. Ibn Moja rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda qorinchasiga yotib uxlayotgan kishining oldidan o‘tib, oyoqlari bilan uni turtdilar va : “Tur, o‘tirib ol, chunki bu uxlash jahannamiy uxlashdir” dedilar. Tibbiyot ham bunday uyquning zararlarini isbotladi. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar