Oysha va Omina ismlari
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar savolim noo‘rin bo‘lsa uzur so‘rayman bizni o‘ylantirayotgan narsa payg‘ambarimizning ( s.a.v ) ayollaridan bo‘lmish Oysha onamiz va onalari Omina onamizning ismlari haqida edi. Ushbu ismlarni arab harfida yozsak Aisha va Amina bo‘lib yoziladi va shunday o‘qiymiz lekin o‘zimizning tilda Oysha, Omina bo‘lib talaffuz qilamiz. Biz payg‘ambarimizning ( s.a.v ) ayollari onalarini ismini xato o‘qimayabmizmi? Yaqinda farzandlik bo‘lamiz havas qilib shu ikki ismdan birini qo‘ymoqchi edik shunga ismlaring talaffuziga aniqlik kiritib bersangizlar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ikki ism tilimizda Oisha va Omina shaklida ishlatiladigan bo‘lib qolgan. Arabiy ismlarni har doim ham asliga muvofiq kiril yoki lotin harflari bilan to‘liq ifoda qilib bo‘lmaydi. Bu borada aniq qoidalar ham mavjud emas. Shuning uchun bu borada ixtiyor o‘zingizda. Aisha yoki Oisha deysizmi. Ikkisi ham arabiy lafzni to‘lif ifoada etmaydi. Amina, Omina ham shu kabi. Yaqinrog‘i Aaishah boshida “ayn” harfi bilan va Aaminah. Lekin bu kabi yozilishi bizda urf emas. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:21 | Savol-javoblar | 202 | Adabiyot