Oxirgi safda yolg‘iz turish

Assalomu alaykum! 1-safda bo‘sh joy qolmagan bo‘lsa muqtadiy 2-safda yolg‘iz turishi mumkin emasmi? U 1-saf chetidagi kishini elkasidan tortib o‘ziga 2-safga sherik qilib qo‘shib olishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1-safda bo‘sh joy qolmagan bo‘lsa muqtadiy 2-safda yolg‘iz turishi makruh. 1-saf chetidagi kishini elkasidan tortib o‘ziga 2-safga sherik qilib qo‘shib olishi shart emas, afzal. Agar elkasidan tortsa tushunmay namozini buzib qo‘yadigan holat bo‘lsa, yolg‘iz o‘zi turaveradi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:39 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar