Shukrona namozi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Shukrona namoz haqida to‘liq ma’lumot bersangizlar. U qanday o‘qiladi, qaysi vaqt, nima deb duo qilinadi, ovoz chiqarib o‘qiladimi yoki yo‘q? Javobingiz uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!
ShUKRI VUZU’ NAMOZI

Odatda tahorat qilib bo‘lgandan so‘ng o‘qiladigan namoz «Shukri vuzu’» (tahoratning shukri) deyiladi.
Uqba ibn Omir al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Qay bir odam yaxshilab tahorat qilsayu, qalbi va yuzi ila iqbol qilgan holda ikki rakat namoz o‘qisa, albatta unga jannat vojib bo‘ladi», dedilar»
Imom Abu Dovud rivoyat qilgan. ("Mo‘minning me’roji" kitobidan). Vallohu a’lam.
20 Aprel 2022, 19:04 | Savol-javoblar | 297
|
Boshqa savol-javoblar