Masjid gilamidagi surat

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda aksariyat masjidlarimizda yangi va qulay gilamlar solinmoqda. Ularning ba’zilari gul-naqshliq ba’zilari nuqta suratlik. Ana shunday gul-naqshlik gilamlardan birida bexosdan bir surat ko‘zimga tashlandi. Oddiy qaraganingizda gulning bir qismi. Lekin ahamiyat qilsangiz bir hayvonning ya’ni shoxli qo‘y yoki echkini kallasi suratiga juda o‘xshaydi. Namoz vaqtida o‘sha surat ko‘zimga tashlanaveradi va xayolimni olib qochadi. Shunday holatlar haqida ma’lumot bersangiz. Iloji bo‘lsa sal kengroq yoritib bersangiz. Unday gilamlar haqida ham. Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyoq ostida bo‘lgan narsaning zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:41 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar