Esdan chiqib ketgan qarzlar
Assalomu alaykum! Allohim ilmingizni ziyoda qilsin. Maktab paytidagi qarz masalasida savolni o‘qib chiqdim. Menda ham shu kabi maktab paytida «100-200 so‘m berib tur bervoraman» deb pul olingan bo‘lsa, lekin astoydil qidirib topa olmadim va kimdan olganimni ham eslay olmagan holatlar ham bo‘ldi. Shunga nima qilsam bo‘ladi? Masjidlarda remont ishlari ketmoqda shularga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Avvalo masjidga eng pokiza, shubhadan holi va halol yo‘l bilan topilgan molni berish kerak. Ka’ba qayta ta’mirlanganda o‘sha davrdagi odamlarning eng pokiza mollarini o‘rtaga tashlangan. Pokiza mol etmay qolib, hozirgi kunda “Hatim” deb nomlangan qismi Ka’badan tashqarida qolgan. Masjidga o‘g‘irlangan, tushidan qo‘rqqanda boshidan aylantirib beradigan, etim-esirlar haqqi kabi pullarni berish mutlaqo joiz emas. Siz egalarini topishga harakat qiling. Agar topa olmasangiz egasi topilganida berish niyati bilan beva-bechora, miskinlarga savob umid qilmasdan berib yuboring. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:20 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar